Fokus bu kalit.

Fokus — bu kalit.

Agar siz bir vaqtda bitta maqsadga diqqatingizni qaratsangiz va taslim boʻlmasangiz, uni 95 foiz imkoniyat bilan bajara olasiz. Agar ikkita maqsad xayolingizda boʻlsa, imkoniyat 65 foizga tushadi, agar uchta maqsad boʻlsa 25 foiz imkoniyatingiz sizda qoladi.

Takrorlangan yolgʻon rostga aylanadi. Milliarderlar eng katta yolgʻonchilardir! Ular oʻzini oʻzi juda koʻp marta aldaganlar. Yaxshi niyatda albatta! Ular miyasiga qayta qayta oʻzining omadli ekanliklarini, boy ekanliklarini takrorlashadi va diqqatini shunga qaratishadi. Va bu takrorlashlar miyadagi maxsus filtrni yorib oʻtadi va ong ostiga yetib boradi. Qarabsizki, oʻsha affirmatsiyalarni doimiy takrorlagan oddiy shaxsga pullar kelish yoʻllari ochiladi, unga sharoit yaratib beradigan odamlarni uchratadi. Xullas boyishga imkon paydo boʻladi.

Siz hozir kimsiz va kim boʻlmoqchisiz? Siz hozir «hech kim» boʻlsangiz ham, affirmatsiyalarni takrorlash orqali kimdir boʻlishga erisha olasiz!